Ovunaman eslayman
Rasmingga qarab
Qalbim istaydi
Bir zum visolingni tilab
Xatoyimni izlayman
Tunu kunlari o‘ylab
Lekin topolmadim
Shunda ham ketding ayblab
Shu kungacha chidadim
Yolg‘onlaringga afsus
Ayblaringga axir
Keltirolmaysan asos
Sababi edi faqatgina
Mendan qutulmoq
Sen uchun yashadim
Shu kungacha men axmoq

Sensiz ham o‘ylama
Baribir yashay olaman
Shunchaki onda-sonda
O‘tmishni esga olaman
Seni sevganim yoqmagani uchun
Shuncha jazolading
Yuragim yangi hayot sari
Ola boraman

Sensiz ham o‘ylama
Baribir yashay olaman
Shunchaki onda-sonda
O‘tmishni esga olaman
Seni sevganim yoqmagani uchun
Shuncha jazolading
Yuragim yangi hayot sari
Ola boraman