Alla aytay jonim bolam
Quloq solgin alla
Shirin allam tinglab asta
Uxlab qolgin alla

Yuzlaringga tomgan suvga
Hayron bo‘lma alla-yo
Baxtimga sen katta bo‘lgin
Xazon bo‘lma alla

Istiqboling porloq sening
Jajjiginam alla-yo
Baxtimga sen katta bo‘lgin
Xazon bo‘lma alla
Sevganimdan yodgorimsan
Oltin ko‘zim alla

Men sho‘rlikday to‘kilmagin
Ko‘rar ko‘zim alla
Alla alla alla-yo