Onasining aybini
Ko'rarmidi bolasi
Bola og'risa qarab
Turarmidi onasi

Bolam deya parvona
Ona yuring qoshingda
Sabr qilsang topilar
Har sinovning chorasi

Ushoqqa shukur qilsang
Non kelar dasturxonga
Nolish aslo yarashmas
Iymoni bor insonga