Do'stim zo'rman deya ketma o'zingdan
Zo'rlarni boshini ekkan dunyo bu
Hatto shohlarni ham olib taxtidan - eee
Be ajal go'riga tiqqan dunyo bu
Hatto shohlarni ham olib taxtidan - eee
Be ajal go'riga tiqqan dunyo bu
Kimgadir baxt berdi gullar bog'ida
Kimlarni kuydirib hasrat dog'ida
Kimgadir baxt berdi gullar bog'ida
Kimlarni kuydirib hasrat dog'ida

Kimnidur shoh qilgan yoshlik chog'ida eee
Sarobni rost deya tutgan dunyo bu
Kimnidur shoh qilgan yoshlik chog'ida
Sarobni rost deya tutgan dunyo bu
Eng buyuk insonni qilgani sabr
Zo'rlik emas topganing bo'lsin qadr
Eng buyuk insonni qilgani sabr
Zo'rlik emas topganing bo'lsin qadr
Eeee ochiq mozordan kavla bir qabir
Qachon keladi deb kutgan dunyo bu
ochiq mozordan kavla bir qabr eeeee
Qachon keladi deb kutgan dunyo bu