Serquyosh hur o‘lkam elga baxt najot
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh mehribon
Yashnagay to abad ilmu fan ijod
Shuhrating porlasin toki bor jahon

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni
Erkin yosh avlodlar senga zo‘r qanot
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni
Haqsevar ona yurt mangu bo‘l obod

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor