Go‘zalim bu kecha men bilan qoling
Sevgi sevgiligin qilsin bu kecha
Sizga to‘yib olay g‘ururdan toning
Dunyo dunyoligin bilsin bu kecha
Go‘zalim bu kecha men bilan qoling
Go‘zal tun bizlarni yutib ketadi
Hammasi maftunkor bo‘lar ishoning
Hammasi lahzada o‘tib ketadi

Go‘zalim bu kecha men bilan qoling
Sochingiz ichida adashib qolay
Sizsiz o‘zimdanam arazlab qoldim
Qoling siz bahona yarashib olay
Go‘zalim bu kecha men bilan qoling
Devona qalbimni ko‘zlab qolasiz
Shunday sehrlayman shunday chorlayman
Meni o‘zingiz ham izlab qolasiz