Yo`llar hech qachon
Sen tomon eltmas zolim yo`llar
Yillar hech qachon
Endi qaytmas zolim yillar

Ochdi zolim yo`llar
Zolim yillar ko`zlarimni
Eshit senga aytar
Ikki og`iz so`zlarimni

Qo`shiqlarimda yig`laydi
Qalbimning sen bilmas dog`lari
Eshiklarini ochmaydi
Muhabbatning bog`lari

Qaray olasanmi mening ko`zlarimga bir kun
Yonimdan o`tganingda
Qaray olasanmi mening ko`zlarimga
Qiyomat o`rtasinda (x2)

Taqdir shafqat bilmas
O`yinqaroq zolim taqdir
Kular ustimizdan
Biz esa jim chora yo`qdir

Qo`shiqlarimda yig`laydi
Qalbimning sen bilmas dog`lari
Eshiklarini ochmaydi
Muhabbatning bog`lari

Qaray olasanmi mening ko`zlarimga bir kun
Yonimdan o`tganingda
Qaray olasanmi mening ko`zlarimga
Qiyomat o`rtasinda