Текст песни
Baxtimni izlab bormadim
Baxtim izlab keldi meni
Uchratganim – baxt desam ham
Baxtim deyolmadim sizni
Baxtingni izlab bormading
Baxting bo’lib keldim men
Yolg’iz Tangrim guvohida
Yashirganim – baxtim sen
Yashirganim – baxtim sen
Balkim qiynalaman buni bilaman
Balkim vaqti kelib afsus qilaman
Orzularim armon bo’ldi
Taqdirimiz shunga ko’ndi
Balkim qiynalaman buni bilaman
Balkim vaqti kelib afsus qilaman
Orzularim armon bo’ldi
Taqdirimiz shunga ko’ndi
Tanladingiz nima uchun
Yoki bormidi gunohim
Faryod chekib qolaverdim
Bo’g’zimda alamli ohim
Tanladi men emas yurak
Xabaring yo’qdir holimdan
Sensiz hayot kerak emas
Oh to’ydim shirin jonimdan
Oh to’ydim shirin jonimdan
“Baxtingiz ziyoda bo’lsin”
Hayqirar unsiz bir nido
Sizni endi tark etaman
Avfu etgaysiz alvido
Baxt ham mendan yuz o’girib
Tomirda jo’shib urdi qon
G’uncham ochilmayin turib
Armon qo’lida berdi jon
G’uncham ochilmayin turib
Armon qo’lida berdi jon
Balkim vaqti kelib afsus qilaman
Orzularim armon bo’ldi
Taqdirimiz shunga ko’ndi
Комменарии