Anori dona-yu dona
Qadrli ota-yu ona
Topilur do`stu begona
Topilmas ota-yu ona

Qanot bersa uchib borsam
Qadrli onamni ko`rsam
Onam bilan suhbatlashib
Yurak-bag`rim bayon etsam {x3}

Yordam bergin osmon
Hayotda kuchli bo`lishga
Intilishga baxtim uchun
Kurashishga yordam bergin (x2)

Navo derlar vafo derlar
Vafoni beda’vo derlar
Mahallangdan o`tar bo`lsam
Otasi yo`q gado derlar