Xato qilib hayotning
Sharobu zahrin ichdim

Ravon yo'llari qolib
Tikonzorini kechdim

Kulib boqmadi taqdir
Azobga bag'rim ochdim
Xudo bergan umrimni
Tosh ko'chalarga sochdim

To'rt devorning ichida dunyo
Umidimda bermadi sado

Asragin asragin
Panoh bergin o'zimga
Ey Xudo sendan o'zga
Yo'q ishonganim

Asragin asragin
Panoh bergin o'zimga

Ey Xudo sendan o'zga
Yo'q ishonganim

Ey Xudo sendan o'zga
Yo'q ishonganim