Senga muhtoj bo’lmasam
Kuyarmidi dardingda yurak

Ko’zlarim izlar seni
Unga sen kerak

Endi yo’qsan kimga sig’inay
Hech narsam qolmadi yodingdan bo’lak

Alamlarim dor-dor
Yurak senga zor-zor
Ko’p qiynading jonim
Senga ehtiyojim bor

Sog’insa “oh” deya yonarkan yurak
Ko’zingdan kaftimga tomarkan yurak

Dunyoning bori-yu yo’gidan bo’lak
Menga sen kerak faqat sen kerak

Bir boshimga ne qilay
Ayt yana qancha kuyay

Har kuni bir o’lgandan
Kelsang qo’lingda o’lay

Alamlarim dor-dor
Yurak senga zor-zor

Ko’p qiynading jonim
Senga ehtiyojim bor

Yolg’izlik azobi o’ldirdi meni
Nahot taqdir ayri yo’limiz ayri

Yuragim seniki senga muhtojman
Har lahza ezarkan ayqiliq zaxri

Bir boshimga ne qilay
Ayt yana qancha kuyay

Har kuni bir o’lgandan
Kelsang qo’lingda o’lay

Alamlarim dor-dor
Yurak senga zor-zor
Ko’p qiynading jonim
Senga ehtiyojim bor