Qani endi yonimda bo`lsa, Menga yana jilmayib kulsa, Qani endi bir daqiqaga Sog`inchimni bartaraf qilsang. Umidimni so`ndirolmayman, Haligacha voz kecholmayman, Nega, nega, aytgin menga? Sog`inchlarim bo`ldi bir dunyo, O`ngimda emasman men go`yo. Xayollar og`ushida tunlar, Faqat sen haqingdadir o`ylar. Endi seni qaytarolmayman, Sog`inchimni ayta olmayman. Nega, nega, nega? Sog`inib, sog`inib, Kechalari kuy bilan ovunib. Yoninggga men talpinib, Onda-sonda eslayman kulib. Unuta olmadim, Ne qilayin voz kecholmadim, Sevgilim, sevgilim Sog`inib, sog`inib, Kechalari kuy bilan ovunib. Yoninggga men talpinib, Onda-sonda eslayman kulib. Unuta olmadim, Ne qilayin voz kecholmadim, Sevgilim, sevgilim Hammasiga balki vaqt davo, Lekin qachon bilmayman, ammo. Balki yuragim ham o`rganar, Sensizlikka hayot o`rgatar. Shunday umidlarda yashayman, Lekin qachongacha bilmayman, Nega, nega, aytgin menga? Senga yomonlik tilamayman, Faqatgina baxting so`rayman. Bugun bo`lmasa ham ertaga, Sensizlikka ko`nib yashayman. O`zimda ham kuch toparman, Balki bir kun unutarman. Nega, nega, nega? Sog`inib, sog`inib, Kechalari kuy bilan ovunib. Yoninggga men talpinib, Onda-sonda eslayman kulib. Unuta olmadim, Ne qilayin voz kecholmadim, Sevgilim, sevgilim Sog`inib, sog`inib, Kechalari kuy bilan ovunib. Yoninggga men talpinib, Onda-sonda eslayman kulib. Unuta olmadim, Ne qilayin voz kecholmadim, Sevgilim, sevgilim