Har kunimdan bir saboq qolar
Qadringga yetmadim malikam
Olsa jonim shu gunoh olar
Qadringga yetmadim malikam

Tunlar diling ko‘zyoshga botib
Tonglar turding xandalar otib
Seni shundoq qo‘ydim yo‘qotib
Qadringga yetmadim malikam

Seni ko‘p sog‘indim erkam
Qaniydi bir bora ko‘rsam
Dardlarimni o‘zingga aytsam
O-o-o malikam
Juft qaldirg‘och baxtdan in qursa
Tikon gulni erkalab tursa
Bu dunyoda bir baxtsiz yursa
Qadringga yetmadim malikam

Armon boshda boshim bo‘lib
Ichgan oshim nolishim bo‘lib
Hijron qoldi fol ishim bo‘lib
Qadringga yetmadim malikam

Seni ko‘p sog‘indim erkam
Qaniydi bir bora ko‘rsam
Dardlarimni o‘zingga aytsam
O-o-o malikam