Jonim uchun sadqayu qurbon bo’laman
Ko’zlardan uzoq bo’lsa parishon bo’laman
Ko’rganda go’zal husnu-jamoling
Hayratda qolib surati bejon bo’laman
Qurbon bo’laman qurbon bo’laman
Qurbon bo’laman hayratda qolib
Qurbon bo’laman qurbon bo’laman
Hayratda qolib surati bejon bo’laman

Bir lahza ko’ngil to’xtamay izlar netayin
O’ylab o’z ishim ustida hayron bo’laman
Kulbam sariga qo’ysa qadamin
Boshim qo’yib yo’lga nigoron bo’laman

Lutf aylasa bo’lsa muyassar karamim
Men ham abadiy bir ulug’ inson bo’laman
Vasf aylag’an sahfada yursa qalamim
Qalbim to’lib zavqi g’azalxon bo’laman
Qurbon bo’laman qurbon bo’laman
Qurbon bo’laman hayratda qolib
Qurbon bo’laman qurbon bo’laman
Hayratda qolib surati bejon bo’laman

Qurbon bo’laman qurbon bo’laman
Qurbon bo’laman hayratda qolib
Qurbon bo’laman qurbon bo’laman
Hayratda qolib surati bejon bo’laman