Uzildi bu rishtalar
Bedor o'tdi kechalar
Nahot sen sog'inmading
Sog'indimku nechalar
Hamon o'sha manzilga
Borib kutarman seni
Lekin kelmaysan yiroq
Ado qildiku meni

Ketib ko'ngling to'ldimi
Sevganing shu bo'ldimi
Sevganingga o'rgatib
Ketganing ham to'ldimi

Ayblarimni aytmading
Ne edi o'zi aybim
Sen ketgan kundan boshlab
Ozor chekadi qalbim
Yor alam sensizlik alam
Sen kabi topolmam
Endi qoshlari qalam
Yor alam sensizlik alam

Yor alam sensizlik alam
Sen kabi topolmam
Endi qoshlari qalam
Yor alam sensizlik alam