Dunyo degan dallidan qochib
Tashvishlarni to'rt yonga sochib
Bag'ringni och bag'rimni ochib
Ona seni ko'rgani keldim

Bitmas ekan tiriklikda ish
Ko'zing yumib ochguncha kuz qish
Urmasidan o'g'lingni qarg'ish
Ona seni ko'rgani keldim

Ona ona ona seni ko'rgani keldim

Kun ko'rdingmi ha dema yolg'on
Yuz orzuing to'qsoni armon
Menda or yo'q senda yo'q darmon
Ona ona ona seni ko'rgani keldim