Bolam menga hassa
Olib keldingmi
O'zingga suyansam
Bo'lmasmi bolam
Bolam tugayotgan chog'imni bildingmi
Ketsam senga og'ir bo'lmasmi bolam
Bolam bolam
Bolam qo'llarimda
Qolmadi mador
Bolam oyog'imda
Quvvat qolmadi
Bir kun sog' o'tirsam
Yetti kun bemor
Ko'rgulik sur'ati
Savlat qolmadi
Bolam bolam
Bolam ko'zlarimda
Xiralashdi nur
Ko'ksimda ilvirab
Tugayapti jon
Bolam salomingni
Eshitmoq huzur
Bolam yuzlaringni
Ko'raman qachon