Bugun hammasi tugeydi
Bugun so'ngi uchrashuv
Oyoqlarim tortmayapti
Zo'rg'a kiyaman kurtkamni
Bekor qilamiz endi
Bugun barcha ahdlashuvni
Bugungi uchrashuvni deb
Oromimni yo'qotganman

Qadamlarim shoshmayapti
Endi sen taraf borishga

Ko'chalar shovqin suronin
Eshitmiman negadur

Ketyapman oldinga seni
Butunlay qo'yvorishga
Men atay vaqtni cho'zyapman
Sen ham ozroq kutib tur
Sen bilan bo'lgan har bitta
Uchrashuvlar esimda
Men nafratlangan uchrashuv
Shu bo'ladi chamasi