Yolg'on so'zlar yuzimda ajin
Yolg'on so'zlar sochimdagi oq
Faqat rost so'zlar yuragim
Va ko'ksimda yongan bu olov

Sen mening ko'zlarimga boq
Bugun men o'n sakkizdaman
Sen mening ko'zlarimga boq
Bugun men o'n sakkizdaman

O'n sakkizdaman olov sevgi dilimda
O'n sakkizdaman yayray deyman elimda
Mash'al bo'lib yonay deyman men
Gul yoshlikka qolay deyman men

Bugun men o'n sakkizdaman
Bugun men o'n sakkizdaman
Bugun sen o'n sakkizdasan
Bugun biz o'n sakkizdamiz