Janonlardan boru yo'g'in ayamagan
Yiqilganda tirgak bo'lib suyamagan
Holing ne deb bir so'rashga yaramagan
Begonaday bo'lolmagan akalarim

Ulg'aygandik yalangayoq ko'cha chopib
O'zgardingiz ozmi ko'pmi dunyo topib

Pulingizga ololmaysiz uka sotib
Begonaday bo'lolmagan akalarim

Dardim aytsam miyig'ida
Kulasiz goh
Ko'cha kuda ko'rmaganga
Olasiz goh
Yordamingiz kerakligin
Bilib ey voh
Begonaday bo'lolmagan akalarim