Ishonmasam do'stim og'aynimga ham
Boshimga zarb kelsa bittagina g'am
Yonimdan ketmagan hattoki bir dam
Ishongan ukamsan ishongan ukam

Bir yumush boshlasam qarashganimsan
Yoshlikdan o'yinchoq talashganimsan

Biroz xafa bo'lsam yarashganimsan
Ishongan ukamsan ishongan ukam

Aka ukalarimiz jigar jigar xas
Kimlar aka uka qadrini bilmas
O'rtada oqibat aslo yo'qolmas
Ishongan ukamsan ishongan ukam