Turibman ko'ksim kerib
G'urur tog' qoyasida

Yuribman davrim surib
Dadamning soyasida

Ravon erur yo'llarim
Gulzor o'ng-u so'llarim

Ko'kka yetar bo'ylarim
Dadamning soyasida

Dushmandga xor bo'lmadim
Do'stlarga zor bo'lmadim
Yashnadim hech so'lmadim

Tirikligi davlatim
Osh pishirar savlatim

Onam mening jannatim
Otamning soyasida