Hammasi zo`r hammasi yaxshi
Lekin qalbimda alamim bor:
Muhabbatim – hayotim naqshi
Yolg`izimning boshqa yori bor
Shunga rozi bo`lib yashashni
Qismatimga bitibdi dunyo

Ne ham derdim kuchli bo`lishni
Endi peshonamga yoz Xudo
Kulmang ota-onam erka qiziman
Asrab katta qilgan qaro ko`ziman
Sevmoqlikda man birinchisiman
Lek yorimning ikkinchisiman
Dod sevmoqlikda man birinchisiman
Lek yorimning ikkinchisiman

Yolg`iz o`tar ko`pincha kunlar
Sabr qilib kutaman faqat
Rashkda yonib kul bo`ldim tunlar
Taqdir shunisiga ham rahmat
Yor-yor aytilmadi nomimga
Oq libosni kiya olmadim
Duo o`qilmadi baxtimga
Oydek kelin bo`la olmadim

Kulmang ota-onam erka qiziman
Asrab katta qilgan qaro ko`ziman
Sevmoqlikda man birinchisiman
Lek yorimning ikkinchisiman
Dod sevmoqlikda man birinchisiman
Lek yorimning ikkinchisiman