Har zamonda artib tur
Ko'ngil bo'lmish gardini
Ana shunda anglarsan
Boshqa ko'ngil dardini

Unut ul on o'zga das
Bag'ringni tilganingni
Va kimgadur sahovat
Yaxshilik qilganingni

Bas bandasan poyingdan
Qo'sh qavat saroy solma
Shunday ekan o'zingdan
Avliyo yasab olma

Kibrlanma kamtar bo'l
Kafting oyga yetsa ham
Qalbingga in qurmasin
Shayton muttaham