Sevgilim meni vafodorim eding
Hammadan qizg'ongan yorim eding
Ayrilib ketdi bugun yo'llarimiz
Qayg'uga to'lib ketdi kunlarimiz
Sevgidan ayrilgan yurakka
Endi hech narsa davo bo'lmaydi
Sog'inaman o'tgan kunlarni
Bir umrga qaytib kelmaydi

Bo'yningga taqilibdi marjonlar
Barmog'ingda yaltirar uzuklar
Dardingga topdingmi darmonlar
Meni qalbimda esa armonlar
Bo'yningga taqilibdi marjonlar
Barmog'ingda yaltirar uzuklar
Dardingga topdingmi darmonlar
Meni qalbimda esa armonlar