Ko'z yoshlaring g'amlaringni yuvmaydiku
Yuragingdan armonlaring quvmaydiku

Yig'lasangda yarim ko'ngling to'lmaydiku
Sen yig'lama yig'latganlar yig'lasinlar

Unutarsan bu azoblar o'tib ketar
Muhabbating balki zamin yutib ketar

Bir kun seni qadringga ham kimdur yetar
Sen yig'lama yig'latganlar yig'lasinlar

Shoshma qalbim yig'lamoqdan osoni yo'q
Qani kim bor bu dunyoda armoni yo'q

Ushalmagan orzularning imkoni yo'q
Sen yig'lama yig'latganlar yig'lasinlar

Dunyoni suv bossa cho'lda ne gunoh
Yugurib charchasa yo'lda ne gunoh

Cho'zilsa yetmasa qo'lda ne gunoh
Sevib sevilmasa u qizda ne gunoh

Dunyoni suv bossa cho'lda ne gunoh
Yugurib charchasa yo'lda ne gunoh

Cho'zilsa yetmasa qo'lda ne gunoh
Ayting ayting ayting bu qizda ne gunoh