Go’zal oqshomlar saboda
Tanish bir qo’shiq taralar
Eslagan paytim yoshlikka qaytgim kelar
Endi ular shirin tushday bari
Sog’inaman olis ketgan sari yoshligim
Hali-hamon yodda o’sha onlar
Eslaganda yurak yana yonar
Ilk sevgim ilk sevgimSog’inaman sog’inaman
Senla o’tgan baxtli kunlarimiz

Men eslayman sog’inaman seni
Sog’inaman sog’inaman
Senla o’tgan baxtli kunlarimiz
Men eslayman sog’inaman seni seni
Ertak aytardi to’lin oy
Dilda oqardi shoshqin soy
Ko’zimga olam edi oq shabnam u dam
Endi ular shirin tushday bari

Sog’inaman olis ketgan sari yoshligim
Hali-hamon yodda o’sha onlar
Eslaganda yurak yana yonar
Ilk sevgim ilk sevgimSog’inaman sog’inaman
Senla o’tgan baxtli kunlarimiz
Men eslayman sog’inaman seni
Sog’inaman sog’inaman
Senla o’tgan baxtli kunlarimiz