Sevsang agar go'zal jahon
Ko'zlaring bo'lar nurafshon
Shodlanasan baxtga to'la
Dilga sig'mas armon

Gohi g'am gohi baxt berib
Sinar bizni taqdir

Olib ketib yiroqlarga
Tashlab qayg'u firoqlarga
Uchrashtirar yana axir
Sog'ingan payt jonim
Yonimga qayt jonim

Tongdan oqshomgacha
Sevishingni ayt jonim

Sog'ingan payt jonim
Yonimga qayt jonim
Tongdan oqshomgacha
Sevishingni ayt jonim