Qaytsa edi bir bor
Tark etgan yoshlik
Qaytsa bir bor
O'sha shodon bolalik
Yoshlik davrida hamma
Gapga xo'p ekan
Hayot maktabida
Qiyinchilik ko'p ekan
Kiyimlarni changitib
Ko'chalardan kirmasdik
Ulg'ayish mushkulligini
Oldindan bilmasdik
Oldin yig'lardim
Tizzamdagi yaramga
Hozirchi qalbim yarasin
Alishsam unga