Qara onang baxtli ekan
Seni baxtsizliging ko'rib
Qara ular xursand ekan
Sening yig'laganing ko'rib
Ko'z yoshlaring to'kma yorim
Kuyishingga arzimaydi
Ko'ngil uzib ketma yorim
Sevgan ko'ngil bezimaydi

Rasmlaring taskin bo'lar
Yoshga to'lgan ko'zlarimga
Bitta dona rasming yetar
Sensizlikda yashashimga
Bu dunyoda xorman dema
Sog'inganda borolmayman
O'zgasiga yorman dema
Bu dunyoda yasholmayman