Sevasizmi degin
Savollar yog'dir
Bor gapni sug'irib
Olgin ko'nglimdan
Jim qovushtirilgan
Qo'llarim oxir
Ohista sizg'alib
Tushar qo'ynimdan

Sevasizmi degin
Savol ber qiyna
Nursiz kunlarimni
Bitsin hisobi

Tug'yonli yo'llarga
Chorlasin yana
Sovuq bo'salarning
Qaynoq azobi
Sevasizmi degin
Savollar yog'dir
Bor gapni sug'irib
Olgin ko'nglimdan

Sevasizmi degin
Savol ber qiyna
Nursiz kunlarimni
Bitsin hisobi