Ko'kda lochin burgutlar
Qoya o'pgan bulutlar
Yeru ko'kka sig'maydi
Uylanmagan yigitlar
Uylanganlar kim ular
Qizlar o'tsa jim ular
Uylanmagan yigitlar

Yigitlar yigitlar
Uylanmagan yigitlar
Yigitlar yigitlar
Bo'ydoq yurgan yigitlar

Ko'ksida quyoshlari
Yolg'iz so'qqa boshlari
Yo'q siru sirdoshlari
Uylanmagan yigitlar
Qiz deb olov kecharlar
Tulpor bo'lib ucharlar
Tunda yostiq qucharlar
Uylanmagan yigitlar

Yigitlar yigitlar
Uylanmagan yigitlar
Yigitlar yigitlar
Bo'ydoq yurgan yigitlar