Bugunning qadrini
Bilmoqlik uchun
Eslasak yaxshidur
O'tgan kunlarni
Odamlar rost so'zin
Aytishdan qo'rqib
Pana panalarda
Yurgan yillarni

Qo'rquvda qotgan bu
Tillarimizda
Dadillik yo'q edi
Shiddat yo'q edi

Yerga sezilmasdan
Yurganimizda
Erkinlik atalgan
Qudrat yo'q edi
Qudrat yo'q edi
Keldi yusaklarni
Ko'zlamoq davri
Borini boricha
So'zlamoq davri

Bu barcha odatning
Bitta nomi bor
Bu inson qadridir
Bu inson qadri