Sog'indim seni
Sog'inchim bepoyon
Sog'inmay meni
Bo'lib ketding armon
Yuzlarimni yosh
Silaydi ba'zan
Ko'zlardan quvonch
Yo'q bo'b ketgan rostdan

Nahot endi qaytmaydi
Yonimga qaytmaydi
O'ylar tinch qo'ymaydi
Buncha meni qiynaydi

So'ramaydi so'ra so'ramaydi
Rahm qilib kelib bir ko'rmaydi
Holing ne kechdi deb so'ramaydi
Ahvolimni bir ko'rib ketmaydi
So'ramaydi so'ra so'ramaydi
Rahm qilib kelib bir ko'rmaydi
Holing ne kechdi deb so'ramaydi
Ahvolimni bir ko'rib ketmaydi