Bir paytlari hovlimiz katta edi keng edi
Ko’ngil kabi kengligi dunyolarga teng edi
Endi bola sho’xligin sabab qilib jo’rttaga
Qarichlab yer talashdik devor tushdi o’rtaga

Endi bola sho’xligin sabab qilib jo’rttaga
Qarichlab yer talashdik devor tushdi o’rtaga

Tillo devor zar devor g’ishtin devor loy devor
Sen sababli mehrning ahvoli tang voy devor

Hech bo’lmasa bag’ringdan bitta eshik och devor
Men akamni sog’indim yo’llarimdan qoch devor
Yo’llarimdan qoch devor