Jannatim durdonam mening
Qoshimda parvonam mening
Nurjahonim qiblagonim
Onam mening
Jannatim durdonam mening
Qoshimda parvonam mening
Nurjahonim qiblagonim
Onam mening

Ko'zlarida ziyosi bor
Qalbda mehr daryosi bor
Doim ezgu duosi bor
Onam mening

Yo'llarimda bedoru zor
Ko'zda sog'inch yoshlari bor
Mendek bag'ritoshlari bor
Onam mening
Mehribonim suyukkinam
Yurak bag'ri kuyukkinam
Ojizgina buyukkinam
Onam mening