Mehnatsiz turmushga ko`ngil boylagan
Elim deb ko`ksiga mushtin urmagan
To`rtta jo`jasiga katak qurmagan
Otaning qadrini qaydan ham bilsin
Labda qizil bo`yoq egnida nimcha
Kiygani uzun kun tor-tajang shimcha
Chiroyiga bino qo`ygan oyimcha
Yigitning dardini qaydan ham bilsin

Chiroyiga bino qo`ygan oyimcha
Yigitning dardini qaydan ham bilsin
Ishq bu – kimlar uchun bir umr armon
Kimga hasrat kimning dardiga darmon
Ro`zg`or nimaligin bilmagan nodon
Xotinning farqini qaydan ham bilsin