Yuzim yorug' iymonim butun
Nafs qalbimga bo'lolmas ustun

Sinovlardan bo'lmas dilim xun
Onajonim Hajga boramiz

Alloh deya qalbimda titroq
Ko'zni yopar bir hovuch tuproq

Shukur aytib Robbimga ko'proq
Onajonim Hajga boramiz

Ushalgaydur orzu armonim
Tilovatim umr darmonim

Duogo'yim ey mehribonim
Onajonim Hajga boramiz