Davlating borida avjing zo'rida
Yo'qlab kelar seni begonalar ham
Nogahon davlating ketsa qo'lingdan
Do'stlaring qocharlar qarindoshlar ham
Do'st bilan dushmandni qo'ldan
Davlating ketganda ko'r
Yo birordamda musibat
Boshinga tushganda ko'r

Do'st hamisha birgadir
Yaxshi yomon har lahzada
Lek g'animni boshini
Osmon qadar etganda ko'r

Do’stim havolanib ketma o’zingdan
Tog’larning boshini egkan dunyo bu
Azim daryolarni bo’g’ib qa’ridan
Bir tomchi qoldirmay yutgan dunyo bu
Kimnidir yayratib eram bog’ida
Kimnidir kuydirib farzand dog’ida
Kimnidir yayratib jannat bog’ida
Kimnidir kuydirib farzand dog’ida
Kimnidir o’ldirib yoshlik chog’ida
Nelarning uvolin tutgan dunyo bu