Ketdi davlat ketdi baxt
Ketdi jur'at ketdi shahd
Keldi zorlik keldi dard
Yiqilganning do'sti yo'q

Yog'ilib boshimga g'am
Zulmatga cho'kdi olam

Izlayman chora malham
Yiqilganning do'sti yo'q

Ortib tanda harorat
Yo'q bir lahza halovat
Kelgan baloyu ofat
Yiqilganning do'sti yo'q

Kelgan baloyu ofat
Yiqilganning do'sti yo'q

Kechagi gavjum hovlim
Bugun kimsasiz va jim