Yolg'on ekan yolg'onidan
Tonib bo'ldim
Bevafo yor visolingdan
Qonib bo'ldim
Bevafo yor o'chog'ingda
O'tin bo'lib
Gul umrimni sarsonladim
Yonib bo'ldim

Dunyo senga dunyo menga
Bo'lishdik biz
Birimiz kun birimiz tun
Surishdik biz

Ikki o'tning orasida
Chora izlab
Goho kulib goho yig'lab
Ko'rishdik biz
Dunyo senga dunyo menga
Bo'lishdik biz
Birimiz kun birimiz tun
Surishdik biz

Ikki o'tning orasida
Chora izlab
Goho kulib goho yig'lab
Ko'rishdik biz