Ko'rmaganni ko'rgani qursin
Uni davron surgani qursin
Bir paytlari yashab kulbada
Endi qasr qurgani qursin

Gapirmasdi sira jim edi
Bilishmasdi uni kim edi

Nomin sotib oshimni yedi
Ko'rmaganni ko'rgani qursin

O'ylashadi osmonlar bilan
Do'stlashadi shaytonlar bilan
Do'stlashadi zamonlar bilan
Ko'rmaganni ko'rgani qursin