Shu yurakda asrab qizg'onganimiz
Sevaman deb unga aytmadik essiz
Uzatdik yetmadi kalta qo'limiz
Bizga yoqqanlarga yoqmadik essiz

Balki sevar deya dil to'la so'roq
Tunlari uxlolmay kutib qo'ng'iroq
Telbalarcha sevdik sevmadi biroq
Bizga yoqqanlarga yoqmadik essiz

Essiz essiz
Bizga yoqqanlarga yoqmadik essiz
Essiz essiz
Bizga yoqqanlarga yoqmadik essiz