Sevgilim bu oqshom
Seni men esladim
Xotiralar ipi
Uzildi kesmadim

Nigohim bildirar
Netay sog'inchimni
Yoding bilan topgan
Yoshimni to'smadim

Axir nelar nelar nelar
Nelar bo'ldi bizga

Ayriliq dastidan
Yoshlar to'ldi ko'zga
Shabboda edimu
Lek urildim muzga

Bag'ringda nozlanib
Bemalol esmadim

Yana sog'indim man
Yana sog'indim man
Sog'inib qalbim bilan
Yana og'rindim man