Mensiz bo'shab qolgan bag'ring
Baxtga to'lsin
Ko'zlaringda nam bo'lmasin
G'am bo'lmagin
Bugun seni chin qalbimla
Qutlagayman
Ey yolg'izim yolg'izliging
Qutlug' bo'lsin

Mayli sensiz o'tar mening
Bedor tunim
Seni bir bor eslamagan
Yo'qdur kunim

Jar solib hayqirishga hech
Yetmas unim
Ey yolg'izim yolg'izliging
Qutlug' bo'lsin
Osmonim doim eding sen yolg'izim
Quyoshidan ayrilib
Zulmatda qolgan yolg'izim

Osmonim doim eding sen yolg'izim
Quyoshidan ayrilib
Zulmatda qolgan yolg'izim