Sher izini sher bosar
Shoqol bosa olmaydi
Sher izini arslon to'sar
Tulki to'sa olmaydi
Bulbul sayragan bog'dan
Qarg'a sayray olmaydi
Jayra sakragan tog'dan
Eshshak sakray olmaydi

Bu mukammal dunyodur
Quyoshi bor oyi bor

Ming chirangin ming dod sol
Hammani o'z joyi bor

O'zgarmaydi ey do'stim
Bizga berilgan taqdir
Zo'rman deb zo'rlik qilma
Yaratgan o'zi haqdir
Zo'rman degan zo'rniyam
Qon qaqshatgan dunyo bu
Olib chiqib falakka
Yerga urgan dunyo bo'l