[Moon Band]
Xayolimdasan ora-chora
Unutaman sani bora-bora
Ey ko`zlari qora dilim qilding qara
Tilka-tilka pora-pora
Sendan endi hech narsa kutmayman
Imkon boricha eslamayman
Balki bilmayman ertaga jo`rttaga
Tunni kunga yana ulayman

[Munisa Rizayeva]
Qara nima qilib qo`yding
Ataylab yuragimni o`yding
Bir sani avaylab-asrab
Yurakda hasrat deb ketib qolding
Shu kundan beri habaring yo`q
Hayotimda na mehring yo’q
Ortga qaytarishni hech iloji yo`q

Qaytmaydi hech
Qancha urinsam ham u qaytmaydi kech
Iltimos sendan yurak bu darddan kech
Ortiq bo`lma bezovta endi kech endi kech (x2)
Endi kech endi kech endi kech…
[Moon Band]
Oy-oy-oy qalbimdagi bo`sh joy
Endi sensiz to`lmaydi hoynahoy
Oy-oy-oy osmondagi bu oy
Endi bizlarga sochmaydi chiroy