Sevganim gunohimmi ayt
Qara muzlab borayapman qayt
Majnun bo'ldim devona
Qara uyg'onmayapman qayt

Shamollarga uchib ketsin
Daydi yurak alamlari

Sinsa mayli sinib ketsin
Shoir yozgan qalamlari
Toshbo'ronlar bo'lib ketsin
Xiyonatkor qadamlari

Kerak emas qurib ketsin
Shu zamonning sanamlari

Yaxshi qol yaxshi qol
Yuzsizginamo mensizginamo
Yaxshi bor mayli bor
Dilsizginamo hissizginamo

Kimga zor kimlarga zor
Baxtli bo'lsam yonib ketma
Bo'lma xor bo'lma xor