Yetmish yulduz yog'ilib
Yarim oycha to'lolmas
Yeti yanga yig'ilib
Bitta ona bo'lolmas
Ona tirik eshikka
G'urbat yaqin yo'lolmas
Mening esa bag'rim qon
Vayronaman onajon

Garchi biz yosh g'o'r edik
Siz bor - biz ham zo'r edik
Bir mayizni besh o'g'il
Teng bo'lishib yer edik
Goh talashsak haq so'zni
Onam aytsin der edik
Tushmi endi u zamon
Hayronaman onajon

Tirik yursa volidang
Toqqa kuching yetarkan
Onang o'lsa boshingdan
Oftob o'tib ketarkan
Jindekkina alam ham
Tog'dek botib ketarkan
Ko'ksim to'la ming armon
To'lg'onaman onajon

Onasiz uy - oysiz tun
Ekan endi o'ylasam
Qalbni o'rtar dardlarim
Qay birini so'ylasam
Sizsiz ko'cham befayz
Halovat yo'q uyda ham
Farishtasi tark etgan