Hovlimizda hamisha
Rayhon isi kelardi
Yoqimli ifor sochib
Har tomonga yelardi
Onam uni avaylab
E'zozlab erkalardi
Bugun o'sha rayhondan
Onam isi kelyapti

Rayhoni bor hovlimda
Onam isi kelyapti
Ishdan qaytishim kutib
Tunni bedor o'tkazgan
Duolar qilib har kun
G'amlarimni ketkazgan
Shukur deyman Tangriga
Shu kunlarga yetkazgan